Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston hayvonot bog‘ida sakkizta sher koronavirusga chalindi

Hindiston hayvonot bog‘ida sakkizta sher koronavirusga chalindi

Foto: Erich Schmidt/imageBROKER.com/Global Look Press

Hindistonning Haydarobod shahridagi hayvonot bog‘ida sakkizta sher koronavirus bilan kasallanib qoldi. Xastalik mamlakat hududida ilk bor yovvoyi hayvonlarda aniqlandi, deya xabar berdi RIA Novosti mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayanib.

Mamlakat janubidagi 160 kvadrat metr maydonda taxminan 10 yoshdagi 12 ta sher yashaydi. Xodimlar aprel oyi oxirida sherlarda infeksiya alomatlarini payqashdi. Hayvonlarning ishtahasi yo‘qolib, burni oqib qoldi va yo‘tala boshladi. To‘rt erkak va to‘rt urg‘ochi sherda test natijalari musbat chiqdi.

Veterinarlar Haydaroboddagi hujayra va molekulyar biologiya markaziga hayvonlarning qaysi koronavirus shtammidan aziyat chekayotganini aniqlash uchun namunalar yuborishdi.

Hayvonlarning koronavirusga chalinish hollari hali ham kam uchramoqda. O‘tgan yili aprel oyida Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bog‘ida sakkizta yo‘lbars va sherlar kasal bo‘lib qolishgandi. O‘shandan beri hech qayerda yovvoyi hayvonlar orasida kasallanish holatlari qayd etilmagan. Biroq Gonkongda bu virus it va mushuklarda kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring