Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Volodyaga achinaman»: Alla Pugachyova Solovyov haqida

«Volodyaga achinaman»: Alla Pugachyova Solovyov haqida

Foto: «Smotrim»

Yaqinda Rossiyaga qaytgan taniqli xonanda Alla Pugachyova o‘zini keskin tanqid bilan qarshilagan teleboshlovchi Vladimir Solovyovga javob qaytardi.

«Solovyov LIVE» ko‘rsatuvida teleboshlovchi Pugachyovani puli tugagani uchun vataniga qaytganiga shama qilgandi. «Rolls-Royce eshigini oyog‘i bilan ochadi. Nima bizga yana o‘rgatimchilik qilmoqchimi? Agar odam qachonlardir buyuk bo‘lgan bo‘lsa, tarixdagi eng muhim pallalarda sukut saqlaydimi? Nega qaytdi? Puli tugadimi?» — shunaqa mazmunda qochirim qilgandi Solovyov.

1-sentyabr kuni Moskvagi gimnaziyalardan birining ochilishiga borgan Pugachyova jurnalistlarga intervyusida ismini aytmasdan «bir odamning basharasiga tushirish uchun» Rossiyaga kelganini aytdi. Keyinroq rus estradasi yulduzi ijtimoiy tarmoqda Vladimir Solovyovning fotosini joyladi. Tagida so‘zlar ham bor: «Volodyaga achinaman. Hadeb jahli chiqib, qo‘pollik qilaverganidan yorilib ketmasa go‘rgaydi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring