Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Volkswagen» «Bugatti»ni sotmoqchi: taniqli brendga dastlabki xaridor xorvatlar...

«Volkswagen» «Bugatti»ni sotmoqchi: taniqli brendga dastlabki xaridor xorvatlar...

«Bugatti La Voiture Noire» — dunyodagi eng qimmat avtomobil. Narxi — €16,5 mln.

Foto: REUTERS/Pierre Albouy

Germaniyaning «Volkswagen AG» avtokonserni lyuks sport mashinalari ishlab chiqaruvchi «Bugatti» sho‘’basini sotib yubormoqchi. «The Wall Street Journal» manbasiga ko‘ra, nemislar ayni paytda Xorvatiyaning «Rimac Automobili» kompaniyasi bilan muzokaralarga kirishgan.


Mavzuga oid: O‘zbekistonda chiqariladigan «Volkswagen» narxlari ma’lum bo‘ldi


Xabarga ko‘ra, hozircha ehtimoliy bitimning ayrim jihatlari muhokamada, shu bois uzil-kesil bu shartnoma amalga oshadi deyishga erta. Nashr manbasi shuniyam qo‘shimcha qilganki, «VW» ushbu brendda voz kechishni istamoqda va «Rimac» rahbariyati fikrlarini hurmat qiladi.

Ma’lumot uchun: «Bugatti Automobiles S.A.S.» — «Bugatti» rusumli lyuks toifali yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi Fransiya avtomobilsozlik kompaniyasi. Shtab-kvartirasi Shato Sen-Janda, ishlab chiqarishi Elzasdagi Molsem shahrida joylashgan. Kompaniya Germaniyaning «Volkswagen AG» konserni tarkibiga kiradi. «Bugatti» prezidenti — Volfgang Dyurhaymer.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring