Vodiydagi «metan zapravka»lar yopiladimi? Energetika vazirligi javob berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi» mazmunida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga Energetika vazirligi izoh berdi.
«Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilamiz va fuqarolardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasliklarini so‘raymiz. Respublika bo‘yicha, xususan, vodiy viloyatlaridagi AGTKShlari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etadi», – deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov metan «zapravka»larni to‘liq yopish rejasi yo‘q ekanligini ta’kidlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter