Vodiyda elektr uzilishlari kuzatilishi mumkin
Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, bugun Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 500 kVli tarmoqlardan birida ta’mirlash ishlari yakunlangan. Ushbu elektr tarmoqlaridan ikkinchisida 11 fevralga o‘tar kechasi, tunda soat 00:00 dan 04:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ta’mirlash olib boriladi.
Shu munosabat bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli (1 soatgacha) uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter