Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Abdulaziz Komilovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: TIV matbuot xizmati

Prezident qaroriga muvofiq Vladimir Norov Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Yangi o‘rinbosar 31-dekabr kuni TIV hay’ati yig‘ilishida tanishtirildi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati. 

V.Norov Tashqi ishlar vazirligi tizimida katta tajribaga ega. 2019-2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimida ishlagan.

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik darajasiga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi o‘rinbosar Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring