Vladimir Norov Moskvada Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi
12-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Moskva shahrida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlarning konstruktiv o‘zaro manfaatli siyosiy muloqot, iqtisodiy diplomatiyani va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada jadallashtirish tarafdori ekanligi qayd etildi.
Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar jahon va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, deyiladi TIV xabarida.
BMT, MDH, ShHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bo‘lajak tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlari, jumladan, 2022-yil 28-29-iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig‘ilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter