Vladimir Jirinovskiyning ahvoli og‘ir deya baholanmoqda
Rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy Moskvadagi Markaziy klinik shifoxonaga yetkazilganda og‘ir ahvolda bo‘lgan. Uning holati ayni damda ham yaxshi emas.
Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi bir necha kundan beri shifoxonada yotibdi. U ikki hafta davomida o‘z kasalini yashirib kelgani ham taxmin qilinmoqda.
Ura.ru saytining yozishicha, siyosatchi kislorod apparatiga ham ulangan.
Avvalroq Jirinovskiy koronavirusning «omikron» shtammi bilan kasallangani ma’lum bo‘lgan edi. Manbalarga ko‘ra, Jirinovskiyning o‘pkasining 50-75 foizi zararlangan bo‘lishi mumkin, unga koronavirus fonida rivojlangan ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter