Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Virusolog erkaklarni COVID-19 asoratidan ogohlantirdi

Virusolog erkaklarni COVID-19 asoratidan ogohlantirdi

Foto: «Osnmedia.ru»

Koronavirusni yenggan bemorlar uzoq vaqtgacha uning asoratlariga qarshi davolanishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ustiga-ustak, Covid-19 erkaklar salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Bu haqda 6 dekabr kuni amerikalik virusolog Dena Greyson «NBC Chicago» telekanali efirida aytib o‘tdi.

Greyson koronavirusga chalingan erkaklar salomatligi borasida jiddiy xavotiri borligini yashirmadi. Negaki Covid-19ning noxush asoratlaridan biri erektil disfunksiya bo‘lishi mumkin. Virusologning fikriga ko‘ra, bemor, hatto, tuzalgandan keyin ham xavfdan yiroq bo‘lmaydi. Chunki koronavirusning yashirin asoratlari umrbod qolishi hech gap emas.

Greyson bu borada o‘tkazilgan tadqiqotlar haqida hozircha og‘iz ochmayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring