Viloyatda yashovchi fuqaro Toshkentdagi DXM xizmatlaridan foydalana oladimi?
Savol: Eksterritorial xizmat nima? Toshkentga ko‘chib ketganim uchun yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatimni vaqtincha to‘xtatdim. Ammo, uni tugatishga to‘g‘ri keldi. Biroq, Toshkentdan turib, Mirobod tumani davlat xizmatlari markazidan foydalana olmadim. Ayrim sabablarga ko‘ra, Navoiyga kelishga majbur bo‘ldim. Eksterritorial xizmat faqat ayrim xizmat turlari uchun tashkil etilganmi?
Zarif Maxmudov,
Navoiy shahri
Karmana tumani DXM bo‘lim boshlig‘i Murodjon Nurov javob beradi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi «Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida»gi qarorining 1-bandida 2019-yil 1-iyundan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil bo‘yicha olishga haqli ekanligi belgilangan. Davlat xizmatlarini olishning eksterritorial tamoyili – bu fuqarolar doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qat’iy nazar, istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish imkoniyati xisoblanadi. Bu xizmat barcha xizmat turlari uchun tashkil etilgan.
Sizning murojaatingiz misolida nega eksterretorial xizmat olomaganingiz sababini aniqladik. Boisi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatingizni tugatish uchun Vazirlar Mahkamasining 630-son qaroriga muvofiq hududiy soliq idorasining soliq va boshqa to‘lovlardan qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida xulosasi hamda xizmat ko‘rsatuvchi bankning barcha hisob raqamlar yopilganligi to‘g‘risida ma’lumotnomasi mavjud bo‘lmagan. Shu boisdan sizga Mirobod tumani DXMidan eksterritorial xizmat ko‘rsatishning imkoni bo‘lmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter