Video: Samarqandda quyun «Obod qishloq» uylari tomlarini uchirib ketdi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani To‘ron MFY hududidagi «Obod qishloq» dasturi doirasida ta’mirlangan uylar tomini quyun uchirib yubordi. Aytishlaricha, hodisa bugun, 16-avgust kuni sodir bo‘lgan.
«Xabar.uz»ga hodisa videosini taqdim qilgan foydalanuvchining qayd etishicha, hukumatimiz «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha hududlarda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida katta mablag‘ ajratmoqda. Ammo quruvchilar ta’mirlash ishlarini sifatsiz amalga oshirishgani sababli shunday ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter