AQSh vitse-prezidenti: «Kim Chen In Tramp bilan o‘ynashmasin»

AQSh vitse-prezidenti Mike Pens «Fox News» telekanaliga bergan intervyusida KXDR yetakchisi Kim Chen Inga xitob bilan chiqdi. Pens Kim Tramp bilan keyingi oyda uchrashadigan bo‘lsa AQSh prezidenti bilan o‘ynashmasligi kerakligini aytgan.
«Vaziyat jiddiy, Kim Chen In mazkur voqealarga jiddiy yondashmasa, bu u yo‘l qo‘yilgan ulkan xato bo‘lishi mumkin», — deya Pensning so‘zlarini keltirmoqda «BBC».
Shuningdek, Pensning aytishicha, vaziyat taqozo qilgan taqdirda Tramp 12-iyunda Singapurda o‘tkazilishi belgilangan uchrashuvni ham bekor qilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter