Vetnamda sel va tuproq ko‘chishi kuzatildi
![Vetnamda sel va tuproq ko‘chishi kuzatildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3680113102.jpg)
Vetnamda sel kelishi va tuproq ko‘chishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Vetnam favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilinishicha, mamlakat shimolidagi Lay Chau va Xa Jiang shaharlarida shanba kunidan beri davom etayotgan kuchli jala tufayli sel kelayapti. Tuproq ko‘chishi aholini vahimaga solmoqda.
Tabiiy ofat tufayli mamlakat budjeti 3,32 milliard dollar zarar ko‘rgan.
O‘tgan yili tabiiy ofatlar oqibatida 389 kishi halok bo‘lgan, 668 kishi yaralangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter