Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vetnam prezidenti iste’foga chiqdi

Vetnam prezidenti iste’foga chiqdi

Nguyen Suan Fuk.

Foto: NV

Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Nguyen Suan Fukning prezidentlikdan iste’fosini qabul qildi va uni MQ va siyosiy byuro tarkibidan chiqardi. Bu haqda VnExpress gazetasi KP Markaziy qo‘mitasi bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Markaziy qo‘mita izoh berishicha, mamlakat yuqori rahbariyati, jumladan, bosh vazir va bir nechta vazirning qonunbuzarliklariga ko‘z yumgani aniqlanganidan so‘ng, prezident iste’foga chiqishga qaror qilgan.

Avvalroq, tergov-surishtiruvlardan so‘ng, bosh vazirning ikki o‘rinbosari lavozimidan olingan, ikki vazir va yana bir nechta amaldorga nisbatan jinoyat ishi ochilgandi.

Nguyen Suan Fuk 2021-yil 5-aprelda Vetnam prezidenti bo‘lgandi. Bungacha, 2016–2021-yillarda hukumat rahbari (bosh vazir) lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring