Vengriya bosh vazirining korteji YTHga uchradi, bir politsiyachi halok bo‘ldi
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning korteji Germaniyaning Shtutgart shahri aeroporti yo‘lida YTHga uchradi, kortejni kuzatib ketayotgan politsiyachilardan biri halok bo‘ldi, deya xabar berdi Bild nashri.
Avariya taxminan soat 11:15 larda, aeroportdan 8 kilometr olisda yuz bergan. BMW mashinasini boshqarayotgan 69 yoshli ayol Orban kolonnasi uchun qilingan shlagbaumni ko‘rmay qolib, chorrahaga chiqib ketgan va bosh vazir mashinasini kuzatib borayotgan mototsikldagi politsiyachini urib yuborgan.
Shuningdek, bir politsiyachining mototsikli otilib ketib, shlagbaum qarshisida kutib turgan mashinalarga borib urilgan va benzin oqishi oqibatida yonib ketgan.
YTH oqibatida ikki politsiya xodimi og‘ir jarohat olgan. 61 yoshli politsiyachi shifoxonada vafot etgan.
Viktor Orban Germaniyaga futbol bo‘yicha Yevropa chempionatini ko‘rish uchun borgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter