Vazn yo‘qotish va qora shokolad: bu jarayon qanday ishlaydi?
Shokolad agar me’yorida iste’mol qilinsa, vazn yo‘qotish uchun foydalidir. Bu haqda Rossiya biotexnologiya universiteti mutaxassisi Inga Belyayeva ma’lum qilgan.
«Ko‘proq tabiiy kakao va ozgina shakarni o‘z ichiga olgan qora shokolad foydalidir», dedi ekspert.
Mutaxassisning fikricha, qora shokolad diyetadan kelib chiqadigan stressni kamaytirishga yordam beradi va ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi. Shokoladning bir qismi bo‘lgan kakao moyi bir to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, metabolizmni va yog‘larni sarf bo‘lishini tezlashtiradi.
«Va hatto kichik bir parcha qora shokolad ham ochlikni samarali qondirishi mumkin. Ushbu mahsulotdagi tolalar uzoq davom etadigan to‘yinganlik tuyg‘usini yaratadi», - dedi Belyayeva.
Vazn yo‘qotganda, kuniga 25 grammdan ko‘p bo‘lmagan qora shokolad iste’mol qilish kerak, deya xulosa qildi diyetolog.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter