Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaziyat yaxshilangani yo‘q — SSV kechagi statistikani e’lon qildi

Vaziyat yaxshilangani yo‘q — SSV kechagi statistikani e’lon qildi

Kecha yurtimizda 966 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

2021-yil 13-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 142124 (+966) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 88 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 37 nafari Andijon viloyatida,
  • 25 nafari Buxoro viloyatida,
  • 68 nafari Jizzax viloyatida,
  • 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 21 nafari Navoiy viloyatida,
  • 40 nafari Namangan viloyatida,
  • 96 nafari Samarqand viloyatida,
  • 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 91 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 43 nafari Xorazm viloyatida,
  • 101 nafari Toshkent viloyatida,
  • 209 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 135228 (+921) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 970 nafarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring