Vazirlar Mahkamasi yangi lavozimlarga yangi amaldorlarni tayinladi
Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, «O‘zcharmsanoat» uyushmasiga rahbarlar tayinlandi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Umrzoqov Sardor O‘ktamovich «O‘zcharmsanoat» uyushmasining raisi, Boboyev Faxriddin Otaboyevich esa uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Zohidov Mirsaid Mirolimovich va Salohov Ravshan Turg‘unovich «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisining o‘rinbosarlari etib tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi o‘z a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq «O‘zcharmsanoat» uyushmasi etib qayta tashkil etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter