Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida tayinlov amalga oshirildi
«Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori hamda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi tarkibida tayinlov amalga oshirildi.
Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unga ko‘ra, Boriyxon Abirxanovich Xadjixanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining Geologiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter