Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlar Mahkamasi binosida quyosh stansiyasi ishga tushirildi

Vazirlar Mahkamasi binosida quyosh stansiyasi ishga tushirildi

Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 1,1 mln kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Qayd etilishicha, stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratilgan.

Stansiya prezidentimiz topshirig‘i ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan.

Energetika vazirligi ushbu tashabbusga barcha vazirlik va idoralar qo‘shilishini so‘ramoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring