Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir ishsizlikka qarshi choralar haqida: «Tovuq boqishni xohlamagan kishiga tovuq berdik...»

Vazir ishsizlikka qarshi choralar haqida: «Tovuq boqishni xohlamagan kishiga tovuq berdik...»

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Bugun, 2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Anjuman «O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori mazmun-mohiyati va ijrosiga bag‘ishlandi. 

Uchrashuvda vazir Rahmat Mamatov jurnalistlarning ishsizlik va aholining xorijga chiqib ketishini kamaytirish, yangi ish o‘rinlari xususidagi savolga javob berdi.

«Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida 150 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bor ekan. Oylik maoshlari kamligi uchun. Prezident 30 yil davomida yashirib kelingan kambag‘allik degan so‘zni Murojaatnomalarida ochiq aytdilar. Shundan so‘ng, Moliya vazirligiga oylik maoshlarni ko‘tarish va ishchi o‘rinlari yaratish topshirig‘i berildi.

Demak, bunda asosiy kamchiligimiz oylik maoshlarning ozligi va umumiy yondoshganimiz.  Hozir asosiy savol qo‘ymoqdamiz: kam ta’minlangan aholi aslida nimani xohlayapti? Dastlab tan olish kerak, tovuq boqishni istamagan odamgan tovuq berdik-da. U birinchidan kreditni to‘lay olmaydi, ikkinchidan, ishni o‘rganguncha zarar ko‘rishi mumkin. Bu muammoga maqsadli yondoshmaganimiz, buni inkor qilmaymiz. Prezident bizga ham, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ham har bir kishi bilan alohida ishlash va muammoni o‘rganish topshirig‘ini berdi.  Albatta, bu muammoni birdan hal etilmaydi, o‘ttiz yillik yara darrov tuzalmaydi»-, deya xulosa qildi Rahmat Mamatov. 

Eslatib o‘tamiz, vazirlik o‘tgan yili fevral oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifi asosida tuzilgan edi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring