Vazir o‘rinbosari Urgutdagi maktab o‘quvchilariga kitob sovg‘a qildi
Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari Botir Usmonov Samarqand viloyatining Urgut tumani Ishchan mahallasida joylashgan 18-o‘rta maktab va shu mahallada «Obod qishloq» dasturi doirasida ochilgan bog‘chaga tashrif buyurdi hamda o‘zining shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qildi.
Botir Usmonov o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbat qurib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Ma’lumot uchun: Botir Usmonov Lomonosov nomidagi MDU Moskva filiali «Amaliy matematika va informatika» kafedrasi dotsenti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari (2013−2016), Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori (2017−2019) lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019-yilning boshida Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter