Vazir maktabda o‘quvchilar sochi chizg‘ichda o‘lchanayotganiga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining sochi chizg‘ichda o‘lchanayotgani tasvirlangan suratlar tarqagan edi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ushbu holatga munosabat bildirdi.
«Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish…
Afsuski, shu maqol ma’nosi bugungi ijtimoiy tarmoqlarda bolalarni sochini chizg‘ichda o‘lchashga bog‘liq holatni yaxshi tasvirlasa kerak. Hech qaysi topshiriqda bolalarni sochini chizg‘ichda o‘lchab, rasmga olib, telegramda tarqatish kerak deb yozilmagan. Kimdir qayerdadir juda qattiq ishlayotganini ko‘rsatish uchun shunday qilgandir shekilli…
Qani endi, ta’lim sifatini yaxshilash va o‘z malakasini oshirish bo‘yicha Qarorlarni shunchalik jon kuydirib ijro etishsa joylarda…» — deya yozadi Sherzod Shermatov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter