Vazir ishga piyoda bordi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bugun qariyb 8,5 kilometr yo‘lni piyoda bosib o‘tdi va avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechdi.
Vazir piyoda bosib o‘tgan yo‘lni o‘zining feysbuk sahifasidagi onlayn translyasiya qildi.
Eslatib o‘tamiz, 22 sentyabr — Xalqaro avtomobilsiz kun O‘zbekistonda ham nishonlanmoqda va bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun mamlakatimizda ayrim rahbarlar va xodimlar xizmat va shaxsiy avtomobilida harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan holda ish joyiga piyoda va velosipedda qatnashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter