Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vaqf» xayriya jamoat fondiga yangi rais saylandi

«Vaqf» xayriya jamoat fondiga yangi rais saylandi

13-oktyabr, juma kuni muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida «Vaqf» xayriya jamoat fondi Vasiylik Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkiliy masala, jumladan, Fondga yangi rais saylash masalasi ko‘rildi.

Yig‘ilishda shu kunga qadar Fond raisi vazifasida ishlab kelgan Ziyovuddin domla Mirsodiqov o‘z arizasiga binoan egallab turgan vazifasidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Kengash a’zolari tomonidan Fond rahbari lavozimiga ushbu yo‘nalishda katta tajribaga ega bo‘lgan Isaxon Abdullayev saylandi.

Isaxon Abdullayev Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi, Maxsus jamg‘arma raisi hamda Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi ijrochi direktori kabi muhim lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Fond raisi o‘rinbosari vazifasida ishlayotgan edi.

Shuningdek, yig‘ilishda fond faoliyatini rivojlantirish borasidagi kelgusidagi rejalari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring