«Vaksinatsiya borasida provokatsion xabarlar tarqatishdan saqlaning!» – SSV
Ijtimoiy tarmoqlarda «Namanganda vaksina olgan ayol gapirmaydigan, o‘rnidan turolmaydigan bo‘lib qoldi», mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Namangan shahrida yashovchi ayol Z.A. bilan bog‘liq holat shu vaqtning o‘zidayoq Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olindi. Tezkor ishchi guruh tuzildi, vaziyat bevosita o‘rganilmoqda, deyiladi SSV xabarida.
Qayd etilishicha, dastlabki o‘rganishlarda 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro Z.A. koronavirusga qarshi vaksinaning faqatgina bitta dozasini bundan ikki oy oldin, ya’ni joriy yilning 28 iyun kuni olgani ma’lum bo‘ldi.
«Shu ma’lumotning o‘ziyoq fuqaroning sog‘lig‘idagi o‘zgarish emlash jarayonlariga mutlaqo bog‘liq emasligini aniq ko‘rsatadi.
Ayni damda fuqaro Z.A.ning holati to‘liq tibbiy nazoratga olingan. Vaziyat yuzasidan o‘rganishlar yakunlangach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Shu o‘rinda Sog‘liqni saqlash vazirligi bu kabi provokatsion va feyk xabarlar tarqatib, aholi orasida vaksinatsiya jarayonlariga ishonchsizlik paydo qilishga urinishdan tiyilishni so‘rab qoladi», deyiladi vazirlik murojaatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter