Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST koronavirus tarqalishi tezlashganini ma’lum qildi

JSST koronavirus tarqalishi tezlashganini ma’lum qildi

Foto: «RIA Novosti»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda bir qator davlatlar ma’lum yutuqlarga erishgan bo‘lishiga qaramay, global miqyosda COVID-19 pandemiyasi tarqalishi tezlashganini ma’lum qildi.

«Ayrim mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini ochgach va ijtimoiy hayotga qaytgach muammoga duch keldi. Aksariyat odamlar virus oldida ojizligicha qolishmoqda. Hali uning tarqaladigan joylari bor... Achchiq haqiqat shuki, jarayon hali tugagani yo‘q. Ayrim davlatlar ma’lum yutuqlarga erishgan bo‘lishiga qaramay, global miqyosda pandemiya rivojlanishi jadallashdi», — dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring