Ukrainada Poroshenkoga qarshi uchinchi jinoiy ish ochildi
Ukraina davlat tergov byurosi Pyotr Poroshenkoga qarshi yana bir jinoiy ish ochdi. Bu haqda huquqshunos Andrey Portnov ma’lum qilgan, deb yozmoqda «Novosti» agentligi.
Yangi jinoiy ishga ko‘ra, Poroshenko «Kuznya na Ribalskom» zavodini sotishda jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 300 million dollar miqdoridagi daromadni legallashtirishda ayblanmoqda.
Bu sobiq prezidentga qarshi ochilgan uchinchi jinoiy ish hisoblanadi. Bungacha u «Sentrenergo» lavozimlarini taqsimlashda hokimiyat va o‘z mansabini suiste’mol qilishda hamda Kerchensk bo‘g‘ozi bilan bog‘liq hodisada davlatga xiyonat qilishda ayblanayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter