Turkiyada 107 yoshli keksa ayol koronavirusni yengdi

Xavoxon Karadeniz 7 aprelda kuchli yo‘tal va yuqori isitma bilan Istanbuldagi ilmiy-tadqiqot klinikasiga keltirilgan. Bir haftadan keyin u sog‘ayib, kasalxonadan chiqdi.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, Karadenizdagi kuchli immun tizimi koronavirusni yengishga yordam bergan.U hayoti davomida biror marta jarrohlik amaliyotidan o‘tmagan va ajoyib xotiraga ega.
Ayni vaqtda Xavoxon Karadeniz o‘z uyida 14 kunlik karantinda bo‘lib turibdi. Har kuni nevarasi unga yaxshi ko‘rgan qahvasini tayyorlab beradi. U to‘g‘ri ovqatlanishga juda e’tibor beradi, ertalab nonushtaga saryog‘, qaymoq, asal va sut iste’mol qiladi. Eng yoqtirgan taomlaridan biri esa — qatiqqa aralashtirilgan qaynatilgan bug‘doydir.
Karadenizning to‘rt farzandi, 11 nevarasi va 15 chevarasi bor. Tez kunlarda Karadenizning nevaralaridan biri ham nevara ko‘rishi va bobo bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter