Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda robototexnika bo‘yicha birinchi shahar bellashuv bo‘lib o‘tadi

Toshkentda robototexnika bo‘yicha birinchi shahar bellashuv bo‘lib o‘tadi

Ertaga, 29-may kuni Toshkentda robototexnika bo‘yicha birinchi «Tashkent Robo Challenge» shahar musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Spot» xabar berdi.

Tadbirda «Robokidz Education», «Sehriyo», «Erudit», «Wunderkind», «Intellect» kabi ta’lim markazlari va xususiy maktablar o‘quvchilari hamda «Evis» va «Smart Kids 94» o‘quv markazlari jamoalari ishtirok etadi.

Jami ishtirokchilar soni 72 nafarga teng. Har bitta jamoa ikki kishidan iborat bo‘ladi. Unda 10—14 yosh oralig‘idagi o‘g‘il-qizlar ishtirok etishi mumkin.

«Musobaqalarning maqsadi yoshlarning innovatsiyalar, sport va ta’lim robototexnikasiga qiziqishini oshirish hamda mintaqada muhandislik kasblarini rivojlantirish», — deya ma’lum qilishdi Robokidz   kompaniyasida.

Musobaqada ishtirokchilar kegellarni ringdan tashqariga surib chiqara oladigan avtonom robotni tayyorlashi kerak bo‘ladi.

Kirish bepul. Tadbir Yoshlar ittifoqining Toshkentdagi binosida 29-may kuni 9:00 da boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring