Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pekin Qishki olimpiadasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Pekin Qishki olimpiadasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Kadr iz video

Pekindagi «Qush ini» stadionida Qishki olimpiadaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Pekin-2022 — Qishki olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlandi, marosim 2 soat atrofida davom etadi.

Marosim qatnashchilarning an’anaviy paradi bilan boshlandi, unda 91 mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitalari vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston bayrog‘ini Xitoydagi Qishki olimpiadada O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan yagona sportchi, tog‘ chang‘isi bo‘yicha ishtirokchi Komiljon To‘xtayev olib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring