Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «muallaq» piyodalar o‘tish yo‘lagi paydo bo‘ldi

Namanganda «muallaq» piyodalar o‘tish yo‘lagi paydo bo‘ldi

Foto: «UzA»

Namangan shahri ko‘chalarida muallaq, ya’ni havoda osilib turgandek ko‘rinadigan piyodalar o‘tish yo‘lagi paydo bo‘ldi.Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Bu yo‘lak shahar ko‘chalarida asfalt ustiga chizib qo‘yiladigan, haydovchilar yoki yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tili bilan aytganda «zebra» chizig‘idir.

– Prezidentimizning barcha sohalarda innovatsion g‘oya va loyihalar joriy etilishiga qaratayotgan e’tibori meni shu g‘oya ustida izlanishga undadi va izlagan narsamni topdim, – deydi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati boshqarmasi yo‘l nazorati bo‘linmasi boshlig‘i, katta leytenat Elmurod Komilov. – Dastlab qog‘ozga tushirib taqdim etilgan loyiha rahbariyat tomonidan ma’qullanib, sinov tariqasida bir-ikki joyda amalga oshirish tavsiya qilindi.

Mazkur innovatsion g‘oyaning mohiyati shuki, piyodalar o‘tish yo‘lagi uzoqdan kelayotgan avtomashina haydovchisi ko‘ziga muallaq turganday bo‘lib ko‘rinadi va haydovchi hushyorligini oshirib, tezlikni kamaytiradi, natijada piyodalar yo‘ldan xotirjam o‘tishlari imkoniyati ortadi. Bunday effekt «zebra»ni asfaltga 3D formatda tushirish orqali erishiladi. Chiziqlarining yerdan ko‘tarilib turganday ko‘rinishi soyalar yordamida hosil qilinadi. Buning uchun odatdagi oq buyoqdan tashqari, qora hamda kulrang bo‘yoqning ikki xil kombinatsiyasi talab etiladi.

Новшество:

Shunday piyodalar o‘tish yo‘lagining dastlabki ikkitasi Namangan shahrining Oromgoh va Nodim Namangoniy ko‘chalarida joriy qilindi.

– Avvaliga ko‘zlarimga ishonmay, mashinamni to‘xtatib, pastga tushib chiziqni oldiga borib ko‘rdim, – deydi haydovchi Ahadxon Usmonov. – Odatdagi chiziq ekan. Lekin juda o‘xshatishibdi, haydovchini ancha hushyor tortirar ekan.

13.jpg

– Piyodalar o‘tish joyida sodir bo‘ladigan ko‘ngilsiz hodisalarni teng yarmiga kamaytirish imkonini beradigan bu loyihani yanada takomillashtirish borasida izlanayapmiz, – deydi Elmurod Komilov.–Ya’ni, chiziq va soyalarga termoplast ashyo bilan ishlov berilsa, ular tunda ham yaqqol ko‘rinadigan bo‘ladi. Hozircha shaharning 8 tartibga solinmagan o‘tish joyida shunday o‘tish yo‘laklari bo‘ladi. Jami 40 dan ziyod shunday yo‘laklarga yangi texnologiya bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring