Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada mudhish YTH oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikada mudhish YTH oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Foto: «AFP 2018»

Kecha, 2-iyun kuni Meksikada avtobus ishtirokidagi mudhish yo‘l transport hodisasi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda Excelsior portali.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus Mexiko shtati ko‘chalaridan birida qarama-qarshi tomondan kelayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Avariyaga yuk mashinasining tormoz tizimi ishdan chiqqani sabab bo‘lgan.

To‘qnashuvdan keyin ikki transport vositasi ham pastlikka qulagan. Natijada avtobus yo‘lovchilari yuk mashinasi bo‘laklari ostida qolib ketishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring