Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus Shimoliy Koreyani ham xavotirga solib qo‘ydi

Koronavirus Shimoliy Koreyani ham xavotirga solib qo‘ydi

Foto: «RIA Novosti»

Yakshanba kuni KXDR mamlakatda yangi tipdagi koronavirusni yuqtirishga gumon qilingan birinchi holatni e’lon qildi, deya xabar berdi Koreya markaziy telegraf agentligi.

Bu Keson shahrida sodir bo‘ldi. Aniqlanishicha, 19-iyul kuni COVID-19ga chalinganligi gumon qilinayotgan shaxs Janub bilan Shimol o‘rtasidagi harbiy-demarkatsiya chizig‘ini noqonuniy kesib o‘tib vataniga qaytgan.

KXDRda epidemiyaga qarshi kurash tashkilotining ma’lum qilishicha, ushbu odamning test tahlillari noaniq natijani ko‘rsatgan. Uni qat’iy karantinga joylashgan, rasmiylar u bilan aloqada bo‘lgan odamlarni aniqlashga urinyapti.

Shu munosabat bilan Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining siyosiy byurosi favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Unda shaxsan KXDR raisi Kim Chen In ishtirok etdi. Uning qaroriga binoan, Keson shahri yopib qo‘yildi, shahar tumanlari bir-biridan ajratib qo‘yildi, favqulodda holat tartibi joriy etildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 15,5 milliondan ortiq kishi kasallikka chalingan, 635 ming nafari vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring