«Inha Tashkent Summer School» lagerining ochilishi bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 9 dan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun «Inha Tashkent Summer School» yozgi ta’lim lagerinining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab o‘tkazildi.
«Inha Tashkent Summer School» loyihasi IUT ning yangi tashabbusi bo‘lib, bu yil ilk bor o‘tkazilmoqda. «Inha Tashkent Summer School» yozgi ta’til vaqtida bolalarning intellektual rivojlanishi va samarali vaqt o‘tkazishlariga qaratilgan.
«Inha Tashkent Summer School» ning ochilish marosimiga yozgi lagerning birinchi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tgan 250 nafar bolajonlar taklif etildi.
Tadbirning birinchi qismida o‘g‘il-qizlar ingliz tilidan o‘tkazilgan imtihonda ishtirok etdilar. Mazkur imtihonlar bolajonlarning ingliz tilidagi bilim darajasini aniqlash hamda guruhlarga ajratish maqsadida tashkil etildi.
Imtihonlardan so‘ng IUT rektori Sarvar Babaxodjayev «Inha Tashkent Summer School» lagerini ochiq deb e’lon qildi. Shuningdek, bolajonlar hamda ularning ota-onalari lagerning dasturi bilan tanishdilar.
Tadbirning ikkinchi qismida bolalar shaxmat-shashka, shuningdek, asfaltda rasm chizish bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etishdi. Tashkilotchilar g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirishdi.
Lager vaqtida bolajonlar yoshiga qarab mantiqiy matematika, ingliz tili, qiziqarli fizika, dasturlash, ona tilisi ingliz tili bo‘lgan o‘qituvchi bo‘lgan klub, robotexnika va fikrlash dizaynlari kabi mashg‘ulotlar taklif etiladi.
Bitta mavsumning davomiyligi 14 yoki 21 kundan iborat bo‘ladi. Lager haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi.
Bolalar yosh va bilim darajasi qarab guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh 20 nafar boladan iborat bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter