Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrikada 720 ming kishi koronavirusni yuqtirib oldi

Afrikada 720 ming kishi koronavirusni yuqtirib oldi

Foto: «Dw.com»

Afrikada yangi tipdagi koronavirusga chalinganlar soni 720 ming kishidan oshdi, 382 ming bemor tuzaldi, deya xabar berdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mintaqaviy idorasi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya davrida Afrika qit’asida 721 187 kishi koronavirusni yuqtirib oldi, ulardan 382 ming nafari tuzalgan. Xabarlarga ko‘ra, Afrikada 15 166 kishi COVID-19 tufayli vafot etgan.

Eng ko‘p kasallanishlar soni JAR (364 328), Misr (87 775), Nigeriya (36 663) va Gana (27 667)da qayd etilgan. Yangi virus tufayli eng ko‘p vafot etganlar JAR (5 003), Misr (4 302) va Jazoirda (1 078) aniqlangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSSTning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 14 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, 597 mingdan ziyod kishi kasallik tufayli vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring