UZTELECOM O‘zbekiston bo‘ylab o‘z mobil tarmog‘ini rivojlantirishni davom ettirmoqda
UZTELECOM milliy operatorining tashkil topgan paytidan hozirgi kunga qadar asosiy maqsadi – har bir yurtdoshimizga, hattoki eng chekka hududlarda yashovchi aholiga yuqori sifatli aloqa xizmatlarini ko‘rsatishdir. Kompaniya doimiy ravishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va korporativ mijozlar uchun yangi, eng jozibali va foydali takliflar, zarur yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib boradi.
2019-yil oxirida «O‘zbektelekom» butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘z tarmog‘ini modernizatsiya qilish loyihasini boshlaganligi haqida e’lon qildi va ushbu loyiha 2020-yil avgust oyida muvaffaqiyatli yakunlandi.
Operatorning mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha ishlar butun O‘zbekiston bo‘ylab olib borilmoqda va mamlakatning eng chekka aholi punktlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’kidlash joizki, tarmoqni yangilash, kengaytirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar barcha zarur xavfsizlik choralarini hisobga olgan holda karantin davrida ham davom etdi. 2020 yil boshidan buyon kompaniyaning texnik xizmati hududlarda 500 dan ortiq tayanch stansiyalarni ishga tushirishga, shuningdek mavjud texnik quvvatlarni modernizatsiya qilishga va 4G standartlariga yetkazishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada mobil aloqa va internetning sifati va qamrovi sezilarli darajada yaxshilandi.
UZTELECOM milliy operatori taqdim etilayotgan xizmat sifati, yangi foydali tarif rejalari va xizmatlarini ishlab chiqish, shuningdek respublikaning har bir mintaqasida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun eng so‘nggi standartlar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
UZTELECOM – milliy operator.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter