UZTELECOM korporativ mijozlar uchun birinchi limitsiz mobil tarifni ishga tushirdi
Business Royal tarifi cheksiz megabayt va daqiqali trafikni o‘z ichiga olgan holda sizning biznesingiz uchun cheksiz imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Bugungi kunda tadbirkorlik nafaqat bozor iqtisodiyotining elementi hisoblanadi. Bu nafaqat ish olib borish, balki aloqa nuqtai nazaridan ham katta sarmoyalarni talab qiladigan maxsus biznes konsepsiyasini yaratishdir.
Hech kimga sir emaski, biznesni muvaffaqiyatli olib borish va yuqori ko‘rsatkichlarga erishishning asosiy omili qulay muhit va rivojlangan infratuzilma bo‘lib, u sizning biznesingizga qandaydir darajada ta’sir etuvchi chambarchas bog‘liq elementlarning birikmasidir.
UZTELECOM uyali aloqa xizmatlarining ishonchli yetkazib beruvchisi sifatida mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishning barcha jihatlarini tushunib qabul qiladi va o‘z mijozlariga hamkorlik qilish uchun cheksiz imkoniyatlarni taklif etadi.
O‘ziga xos yangi BUSINESS ROYAL tarif rejasi hech qanday cheklovlarsiz birinchi tarifdir. Oyiga 149 900 so‘mga siz TO‘LIQ cheksiz onlayn va ovozli aloqaga ega bo‘lasiz.
BUSINESS ROYAL — bu biznesi doimiy mobil va onlayn aloqalarga bevosita bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlar uchun eng maqbul yechimdir.
Agar siz UZTELECOM mijozi bo‘lsangiz, yangi — limitsiz tarif rejasini Markaziy savdo ofisida yoki yozma so‘rov orqali ulashingiz mumkin.
BUSINESS ROYAL — biznesingiz uchun cheksiz imkoniyatlar!
UZTELECOM — Milliy operator.
Korporativ xizmatlar bo‘limiga murojaat qilish uchun: +998951771100
Tafsilotlar: bit.ly/2zkXHDv
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter