Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzMobile» +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni blokladi

«UzMobile» +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni blokladi

Foto: «RusBukhara.uz»

«UzMobile» milliy aloqa operatori +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning barchasini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy operatorning ma’lum qilishicha, mazkur qaror +882 perefiksi tomonidan «UzMobile» abonentlariga amalga oshirilayotgan firibgarlik qo‘ng‘iroqlarini oldini olish uchun qabul qilingan.

«Hurmatli «UzMobile» abonentlari, shuni ma’lum qilamizki, firibgarlardan sizga kelib tushayotgan + 882* prefiksli noma’lum qo‘ng‘iroqlarni bartaraf etish maqsadida tegishli xizmatlar tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan», — deyiladi xabarda.

Avvalroq, firibgarlar «UzMobile» abonentlarini qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlar bilan bezor qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring