«UZINFOCOM» yagona integratori «Mirzo Ulugbek Innovation Center» rezidenti bo‘ldi
2018-yilning 6-mart kuni «UZINFOCOM» yagona integratori «Mirzo Ulugbek Innovation Center» (MUIC) innovatsiya markazining rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, MUICning rezidenti maqomi keng imkoniyatlar beradi. Xususan, reyestrda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar 2028-yil 1-yanvargacha soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi. Rezidentlarning daromadlari shaxsiy daromadlariga belgilangan stavka bo‘yicha 7,5 foiz miqdorida soliq solinadi, pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari esa 4,5 foizni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter