Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» «Otaturk» aeroportiga amalga oshiriladigan barcha reyslarni bekor qildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» «Otaturk» aeroportiga amalga oshiriladigan barcha reyslarni bekor qildi

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari»

Joriy yilning 7 aprelidan «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK O‘zbekistondan Istanbulga amalga oshiriladigan reyslarni «Otaturk» nomidagi xalqaro aeroportidan Istanbulning yangi xalqaro aeroportiga (Istanbul New Airport) o‘tkazadi. 7 apreldan boshlab «Otaturk» yo‘lovchi reyslari uchun yopiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Turkiya Aviatsion hukumati qarori bilan «Otaturk» nomidagi aeroportga 5-6 aprel sanasida amalga oshiriluvchi barcha reyslar bekor qilinadi.

Bekor qilingan reyslar:

  • 2019 yil 5 aprel HY271/272, HY273/274, HY275/276
  • 2019 yil 6 aprel HY271/272, HY273/274

Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu reyslarga chiptalari bo‘lgan yo‘lovchilar ularni sotib olgan joylariga chiptaning amal qilish vaqti doirasida hech qanday jarimalarsiz qaytarishlari yoki uchish kunini o‘zgartirishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring