Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekgidroenergo» Rossiyaning «Silovie mashiny» kompaniyasi bilan 137 mln. yevrolik kelishuvga erishdi

«O‘zbekgidroenergo» Rossiyaning «Silovie mashiny» kompaniyasi bilan 137 mln. yevrolik kelishuvga erishdi

Foto: «Uzbekgidroenergo»

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 30 may kuni hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.

Mazkur tashrif va qo‘yilgan vazifalar doirasida «O‘zbekgidroenergo» AJda Rossiyaning «Silovie mashiny» kompaniyasining Bosh direktori T.V. Lipatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar qilmoqda.

«Rossiyaning «Silovie mashiny» kompaniyasi global energomashinalar qurilishi sanoatida yirik kompaniya hisoblanadi, issiqlik, atom va gidrostansiyalar uchun asbob-uskunalarni loyihalashtirish, tayyorlash va yetkazish, ularning montaj ishlari, o‘rnatilishini tashkil etish tajribasiga ega»,- deya ta’kidlanadi xabarda.

Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «O‘zbekgidroenergo» AJ va Rossiyaning «Silovie mashiny» kompaniyasi bilan bir qator muhim investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Umumiy qiymati 137,7 mln. yevroni (154,6 mln. dollar) imzolash uchun tayyorlangan shartnomalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • 2018-2021 yillarda «To‘palang» GESining quvvatlarini 30 dan 175 MVtga oshirish, 40 mln. yevro (45 mln. Dollar) miqdorida ikkita yangi va zamonaviylashtiradigan GES uchun zarurur ikkita gidroagregatni etkazib berish;
  • 2019-2022 yillar mobaynida quvvati 76 MVt bo‘lgan «Quyi Chotqol GESi qurilishi» loyihasini amalga oshirish uchun 45,4 million yevro (51,0 million dollar) miqdorida texnologik uskunalar etkazib berish;
  • Sardoba suv omborida 2019-2020 yillar mobaynida quvvati 10,7 MVt bo‘lgan Bog‘ishamal, 6,45 MVt quvvatga ega Dargom kanalida va 6,4 MVt quvvatga ega Dargom kanalining Piket 102 + 00 dagi uch kichik gidroelektr stansiyasini qurish.

Umuman olganda, ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 244,5 MVt yangi quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Mazkur uchrashuv davomida muhim investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llari, hali ishga solinmagan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi, hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida amaliy takliflar bildirildi.

«O‘zbekgidroenergo» AJ va Rossiyaning «Silovie mashiny» kompaniyasi tarmoqdagi loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishning katta tajribasiga ega bo‘lib, ushbu hamkorlik tajribasini yanada mustahkamlashni o‘zlari uchun ustuvor deb biladilar. Gidroenergetika sohasida to‘plangan hamkorlik tajribasi va amaliyoti, bir-biriga bo‘lgan ishonchni hisobga olib, «O‘zbekgidroenergo» AJ va Rossiyaning «Silovie mashiny» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur hujjat o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi»,-deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring