Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzAuto Motors’ga ochiq tanlov asosida 1800 dan ortiq kadr ishga qabul qilindi

UzAuto Motors’ga ochiq tanlov asosida 1800 dan ortiq kadr ishga qabul qilindi

«UzAuto Motors» AJ tomonidan Chevrolet Onix va Tracker avtomobil modellarini ishlab chiqarish uchun yangi bo‘sh ish o‘rinlari tashkil etildi va tanlov e’lon qilindi. Tanlovda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridan 8 000 nafardan ortiq fuqarolar onlayn tarzda arizalar topshirishdi. Nomzodlar 4 bosqichda saralab olindi. Shu kuni 1 800 nafardan ortiq xodim ishga qabul qilindi.

Shuningdek, «O‘zavtosanoat» AJ va «UzAuto Motors» AJ rahbariyati tashabbusi bilan Asaka, Andijon va Shahrixon tumanlaridagi kam ta’minlangan, chin yetim, yarim yetim, boquvchisini yo‘qotgan yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun hokimliklarga murojaat bilan chiqildi.

Murojaatga binoan 400 nafardan ortiq yoshlarning ro‘yxati taqdim etildi. Tuzilgan ishchi guruh tomonidan yoshlarning yashash sharoiti o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida jami 300 nafardan ortiq yoshlar ishga tavsiya etildi.

UzAuto Motors nafaqat avtomobil ishlab chiqaradi balki malakali kadrlarni katta jamoaga qabul qilib, ularning malakasini oshirib, mahoratini yuksaltirib mamlakatimizdagi turdosh sohalarga ham yetkazib beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring