«UzAuto Motors» yangi avtomobillar narxini e’lon qildi

«UzAuto Motors» kompaniyasi 25-dekabr kuni to‘rtta yangi avtomobil — Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinoxning taqdimotini o‘tkazgan edi. Ushbu yangi modellarning sotuvi bugun, 27-dekabrdan boshlanadi.
Trailblazer va Equinox avtomobillari uchun shartnoma tuzish «UzAuto Motors» dilerlik markazlarida bugundan boshlanadi. Tahoe va Traverse modellariga shartnomalarni faqat Nurafshon Autocentre (Toshkent viloyati) avtosalonidan olish mumkin.
Avtomobillar narxlari*:
EQUINOX
Boshlang‘ich narxi: 225 652 174 so‘mdan
Redline LT komplektatsiyasi: 303 478 261 so‘m
TRAILBLAZER
Boshlang‘ich narxi: 264 347 826 so‘mdan
LTZ komplektatsiyasi: 346 086 957 so‘m
TRAVERSE
Boshlang‘ich narxi: 404 173 913 so‘mdan
Premier komplektatsiyasi: 518 260 870 so‘m
TAHOE
Boshlang‘ich narxi: 517 391 304 so‘mdan
Premier komplektatsiyasi: 691 304 348 so‘m
*Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter