UzAuto Motors Ozarbayjonda besh rusumdagi avtomobillarini yig‘ishni boshladi

UzAuto Motors 2021-yilning 28-dekabridan Ozarbayjonning Hajigabul shahrida Damas, Labo, Lacetti, Tracker va Malibu avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ishlab chiqarish «Azermash CP» MChJ QK zavodining ishlab chiqarish quvvatlarida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yerda joriy yilning sentyabr oyidan buyon Chevrolet Nexia va Cobalt avtomobillari ishlab chiqarilayotgan edi.
Barcha mahsulotlar General Motors (AQSh) tomonidan o‘rnatilgan jahon standartlariga muvofiq ishlab chiqarilishi qayd etiladi.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi avvalroq O‘zbekistonda 2022-yil 1-fevralga qadar to‘rtta avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter