Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzauto Motors» oxirgi sudda ham yutqazdi. Endi nima bo‘ladi?

«Uzauto Motors» oxirgi sudda ham yutqazdi. Endi nima bo‘ladi?

Iste’molchi O‘. Qaxxarov, «Uzauto Motors» dileri va kompaniya o‘rtasida «Kaptiva 5» avtomobilini yetkazib berish bo‘yicha sud jarayonlari bo‘lib o‘tgandi.

Rasul Kusherbayevning qayd etishicha, oxirida Oliy sud iste’molchi foydasiga qaror chiqarib, kompaniyaning bo‘yniga «Kaptiva 5»ni iste’molchiga yetkazib berish majburiyatini yuklagan.

«Sud qarori bo‘yicha ijro harakatlari boshlanganda  «Uzauto Motors»chilar ijroni to‘xtatib, Oliy sud raisiga takroriy kassatsiya keltirishni so‘rab ariza kiritgandi. Oliy sud raisi bu ishni qayta ko‘rib chiqishga asos yo‘q, deb arizani qaytargan.

Biroq kutilmaganda mazkur masala bo‘yicha Bosh prokuror o‘rinbosari S.Artikova Oliy sudga takroriy kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish «Uzauto Motors»ning yonini olib, protest keltirgandi.

Nihoyat bugun takroriy kassatsiya tartibida S.Ortiqovaning protestini ko‘rib chiqqan Oliy sud sudlov hay’ati uni rad qilish haqida qaror qabul qildi.

Shu tariqa monopolist kompaniya uchun bahona qiladigan, osiladigan boshqa joy ham, teshik ham qolmadi. Kompaniya qanday bo‘lmasin sud qarorini ijro etib, iste’molchiga va’da qilingan «Kaptiva 5» avtombilini yetkazib berishi kerak», deydi Kusherbayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring