«Uzauto Motors» avtomobillarni yetkazib berish muddatlari 1-2 oyga cho‘zilishi haqida ogohlantirdi

«Uzauto Motors» AJ sotuvi 12 fevralda to‘xtatilgan Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillariga kontraktatsiyani joriy yil 3 martdan yana yo‘lga qo‘yishi haqida xabar qilingandi.
«Biroq, jahon avtomobil ishlab chiqarishning yarim o‘tkazgichli butlovchi qismlarga talabining to‘laqonli qondirilishidagi vaqtinchalik cheklovlar to‘g‘risidagi mavjud axborot inobatidan, ishlab chiqariladigan avtomobillarni yetkazib berish muddatlari 1-2 oyga cho‘zilishi kutilmoqda», dedi kompaniya vakili.
Avvalroq O‘zbekistonda sotuvga qo‘yilishi kutilayotgan «Chevrolet Onix» avtomobilining narxi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter