«UzAuto Motors» avtomobillariga to‘lov miqdorini pasaytirish taklifi ishlab chiqilmoqda
Ayni vaqtda «UzAuto Motors» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni yetkazib berishda shartnoma shartlari bo‘yicha oldindan to‘lov miqdorini pasaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilayapti. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu takliflarni Hukumatga kiritish rejalashtirilgan.
«Shu munosabat bilan Sizdan, mumkin bo‘lsa 2005-2011-yillarda «UzAuto Motors» («GM Uzbekistan» AJ) tomonidan yengil avtomobil yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzganlar bo‘lsa, o‘sha shartnoma nusxalarini @Kusherbayevga_murojaatbot bot manziliga yuborishda yordam ko‘rsatishingizni so‘rab qolamiz. Ma’lumotlardan fuqaroning shaxsi egasizlantirilgan holda takliflarni asoslashda foydalaniladi», deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «UzAuto Motors» avtomobillariga oldindan to‘lov miqdori 85 foizni tashkil etadi.
«Monopoliyani jilovlash qiyin bir vaziyatda ezgu maqsad yo‘lida ko‘rsatayotgan hamkorligingiz uchun oldindan rahmat!», deb yozadi deputat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter