Samarqandda gaz isidan chuqur uyqu holatiga tushgan yigit qutqarildi
Joriy yilning 23 mart kuni Samarqand viloyati FVB qutqaruv xizmati «1050» telefon raqamiga Samarqand shahrida yashovchi T.X. tomonidan murojaat bo‘ldi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Fuqaroning bildirishicha, uyining eshigi qulflanib qolgan, shuningdek, uy ichida 18 yoshli o‘g‘li javob bermagan, yoniq holda qolgan gaz plitasiga esa choy qo‘yilgan bo‘lgan.
FVB xodimlari temir eshikni ochishganda, xonadon ichidan o‘smir chuqur uyqu holatida topilgan. Gaz plitasidan chiqqan gaz isining butun xonadon bo‘ylab tarqalganligini aniqlagan qutqaruvchilar ehtiyotkorlik bilan harakat qilgan. Qutqaruvchi alpinistlar, tabiiy gaz to‘planayotgan xonadon ichidan o‘smirni o‘z vaqtida olib chiqishga ulgurishgan.
Ma’lum qilinishicha, hozir yigitning ahvoli qoniqarli.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan gaz vositalaridan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter