Uyini o‘tin bilan isitgan oila jarimaga tortildi — Britaniya
Buyuk Britaniyada o‘tin pechkadan foydalanayotgan oila 175 funt sterling jarimaga tortildi, deb xabar berdi GB News.
Ma’muriy jazo G‘arbiy Yorkshirda qayd etilgan, «havo sifatini yaxshilash va uning ifloslanishini kamaytirish» maqsadida jarima yozilgani aytilmoqda.
2023-yil dekabrida britan hukumati atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha mutaxassislarga «haddan ziyod tutun chiqarish»ni to‘xtatish uchun jarima yozish imkonini beruvchi yangi choralarni kuchga kiritgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter